uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Temir Daftar”Dagi Oilalar Uzagrosugurta Tomonidan Sugurtaviy Himoyaga Olinmoqda

image

“Temir daftar”dagi oilalar Uzagrosugurta tomonidan sugurtaviy himoyaga olinmoqda

    Shu kunlarda Boshqaruv raisi o‘rinbosari Bekzod Axadov Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Yakkabog‘ tumani “Qatag‘on” mahallasi fuqarolari bilan o‘tgan uchrashuvda aholini moliviy yo‘qotishlardan asrashda sug‘urtaning o‘rni, jamoatchilik orasida sug‘urta  madaniyatini rivojlantirish hamda odamlarning sug‘urta xizmatlari haqidagi xabardorligini oshirish masalalari xususida tushuntirish ishlari olib borildi.

    Uchrashuv yakunida “Temir daftar”da ro‘yxatga olingan ko‘p oilalarning ehtiyojidan kelib chiqib, ularning mol-mulki, chorva hayvonlari va salomatligi turli baxtsiz hodisalardan bepul sug‘urtaviy himoyaga olindi.

    Ta’kidlash joizki, ushbu polislar bo‘yicha olingan javobgarlik miqdori sug‘urta turiga qarab  hisoblanadi. Masalan, chorva sug‘urtasi polisi egalari bir yil davomida hotirjam bo‘lsa bo‘ladi. Chunki, ularning sug‘urtalangan uy shu muddat ichida hayvoni o‘g‘irlansa, majburiy so‘yilsa, turli tabiiy ofatlar natijasida nobud bo‘lsa ko‘rilgan zarar “O‘zagrosug‘urta” tomonidan to‘lib qoplab beriladi. Shuningdek, uy-joyi yoki boshqa imorati sug‘urtalangan fuqarolarga mol-mulk polisi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.

    Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 26 yanvar kuni barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgandi. Yig‘ilishda Murojaatnomada qayd etilganidek, iqtisodiy kompleks vakillarini mahallaga tushirib, vertikal tizimni, barcha organlar faoliyatini o‘zaro muvofiq yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mutasaddilar iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning o‘rta va quyi bo‘g‘inini mahallagacha tushirib, aholiga yaqinlashgan ish tizimini jorish etish kerakligi ta’kidlandi.

    Mazkur ustuvor vazifalardan kelib chiqib, “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruv rahbariyati respublikamizning chekka hududlariga joylardagi asl holat va “o‘sish nuqtalari”ni mahallabay aniqlanash, ularni rivojlantirish bo‘yicha tez-tez safarbar etilmoqda.

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati