uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Xodimi Sport Festivalida Muvaffaqiyat Qozondi

image

“O‘zagrosug‘urta” xodimi sport festivalida muvaffaqiyat qozondi

    O‘zbekiston Resublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan 2021 yil 12–14 fevral kunlari Toshkent viloyati Chimyon qishlog‘ida “Chimyon-Exo-2021” qishki ekstremal sport turlari festivali bo‘lib o‘tdi.
    Chimyondagi “Yoshlar oromgohi”da vazirliklar, idoralar va boshqa yirik tashkilotlar xodimlari hamda 20 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari sportning basketbol, voleybol, badminton, mini-futbol kabi turlari bo‘yicha bellashdi. 

     Ushbu sport festevali “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati xodimlarining muvaffaqiyatli ishtiroki bilan yodda qolarli bo‘ldi. Xususan, Jamiyatning sport targ‘ibotchisi Ziyovuddin Jalilov mini-futbol turnirida “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

     “Chimyon-Exo-2021” so‘nggida havaskor sportchilarga esdalik sovg‘alari bilan birga maxsus sertifikat ham taqdim etildi.
    Aytish mumkinki, Davlatimiz rahbarining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida tashkil etilgan musobaqa mamlakatimizda sportni keng targ‘ib qilish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ 
Axborot xizmati