uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Kam Ta’Minlangan Oilalar Sug‘Urtalandi

image

Kam ta’minlangan oilalar sug‘urtalandi

      “O‘zagrosug‘urta”AJ Samarqand filiali tomonidan e’lon qilingan aktsiya doirasida viloyatda istiqomat qiluvchi ko‘plab kam ta’minlangan oilalarga “Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish”  polisi taqdim etildi.  
    Mazkur polislar bo‘yicha olingan sug‘urta javobgarligi 130 million so‘mni tashkil qiladi. Ya’ni, polis egalari bir yil davomida baxtsiz hodisa natijasida jarohat olsa, ularning davolanish xarajaatlari uchun 10 million so‘mga qadar sug‘urta tovoni to‘lanadi. 

    Aktsiya maqsadi aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning sug‘urta madaniyatini oshirish va jamoatchilik orasida sug‘urta xizmatlarini keng targ‘ib qilish hamda xizmat ko‘rsatish qamrovini yanada kengaytirish hisoblanadi. 
     Jamiyatning boshqa hududiy filiallarida ham shu kabi aktsiya o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati