uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Bosh Qomusimizda Inson Huquqlari Masalasi Yuksak Ifodalangan

image

Bosh Qomusimizda inson huquqlari masalasi yuksak ifodalangan

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Bosh Qomusimizda inson huquqlarining ifodalanishi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda tadbirda Boshqaruv rahbariyati, departamentlar direktorlari, videokonferensaloqa orqali hududiy filiallar mas'ullari va xodimlar ishtirok etdi.

Seminarda Yuristlar malakasini oshirish markazi Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Rahmonov hamda ushbu kafedra o‘qituvchisi Shohjaxon Jumaevlar Bosh Qomusimizning yaratilishi tarixi, yangi tahrirdagi Konstitusiyamizda inson huquq va erkinliklarining ifodalanishi, fuqaro va davlat o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning belgilanishi yuzasidan ma'lumot berdi.

Shuningdek, Yangi tahrirdagi Konstitusiyamizga kiritilgan normalar va ularning bugungi va ertanggi kundagi ahamiyatini hayotiy misollar orqali ochib berdi. 

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengash sessiyasida muhokamalardan o‘tgach, 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilingan. Shu kundan e’tiboran, mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo‘yilib, ushbu sana umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. 

2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali esa yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklari va har bir fuqaroning davlat va jamiyat oldidagi burchi, ularning amadagi ifodasi haqida batafsil ma'lumot berildi. Mashg‘ulot davomida interfaol usullar, qiziqarli savol-javoblar orqali Asosiy Qonunimiz mohiyati ochib berildi. 

Tadbir yakunida mavzuga doir savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.