uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Ommaviy Qabulda SugʻUrta Tovonlari Bilan BogʻLiq Muammolar Bartaraf Etilmoqda

image

Ommaviy qabulda sugʻurta tovonlari bilan bogʻliq muammolar bartaraf etilmoqda

“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Sh.Rasulovning sugʻurta tovonlari oʻz vaqtida toʻlab berilishi yuzasidan fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi.

Unda fuqarolar kreditlarning erta soʻndirilishi, yoʻl-transport hodisalari oqibatida yuzaga kelgan holatlardagi zararlarni qoplash, mol-mulk va boshqa turdagi sugʻurta polislari boʻyicha sugʻurta tovonlari toʻlovlari boʻyicha murojaat qilishdi. 

Qabul davomida murojaatlarda ilgari surilgan masalalar oʻrganilib, mijozlarning zararlarni qoplash bilan bogʻliq muammolari bartaraf etib berildi. 

Qayd etish joiz, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida jamiyat va uning hududiy filiallari tomonidan kompaniya sugʻurta polislarini xarid qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga 41 mlrd  soʻmdan ziyod sugʻurta tovonlari toʻlab berildi. Bunda tovon toʻlovlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 130 foizga oshgani qayd etildi.