uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Omadli Sug‘Urta”: “O‘Zagrosug‘Urta”Ning Navbatdagi Aksiyasi Boshlandi

image

“OMADLI SUG‘URTA”: “O‘zagrosug‘urta”ning navbatdagi aksiyasi boshlandi

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati 2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil 1-fevralga qadar “Omadli sug‘urta” aksiyasini o‘tkazmoqda. 

Sug‘urtalanuvchilar tegishli ixtiyoriy sug‘urta mahsulotlarini agros.uz rasmiy veb-saytimiz orqali onlayn yoki joylardagi markazlarimizdan oflayn xarid qilib, aksiya ishtirokchisiga aylanishi mumkin. 

Sug‘urta qildiruvchilar orasidan 8 nafar mijoz komputerda random dasturi orqali tasodifiy tanlab olinadi va ular ketma-ket tarzda quyidagi sovg‘alarga ega bo‘ladilar:

1. 5 dona HP 250 G8 rusumli noutbuk;
2. 2 dona Apple Iphone 15 smartfoni;
3. 1 dona CHERY Arrizo 6 PRO avtomobili.

Shuningdek, aksiya davrida faol qatnashib, hududlarda eng ko‘p pul tushumini amalga oshirgan sug‘urta agentlarini ham “Samsung Galaxy” smartfoni, “Apple watch 8” aqilli soati hamda noutbuk kabi qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

2024-yil 1-fevral kuni soat 23-59ga qadar sotib olingan sug‘urta polislari aksiyada ishtirok etadi.

“Omadli sug‘urta” aksiyasida qatnashing  va CHERY Arrizo 6 PRO avtomobili sohibi bo‘ling!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel.: 1186; 71 216-05-00.

Aksiya qoidalari hamda unda ishtirok etadigan ixtiyoriy sug‘urta mahsulotlari ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin: aksiya qoidalarini yuklab olish (pdf)