uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” O‘Qituvchi Va Murabbiylarni Bayram Bilan Tabriklaydi

image

“O‘zagrosug‘urta” o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabriklaydi

Muhtaram ustozlar, aziz o‘qituvchi va murabbiylar!

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan siz azizlarni samimiy tabriklaymiz. 

O‘g‘il-qizlarimizni o‘z farzandidek ardoqlab, ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘i bilan munosib ta’lim-tarbiya berishingizdek ezgu ishlaringiz tahsinga loyiq. 

Mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan salohiyatli kadrlar yetishtirilishida sizlarning bergan bilim va tajribangiz, iste'dod va mahoratingizga doimo suyanamiz. 

Barchangizga uzoq umr, baxt-saodat, xonadoningizga fayzu-baraka, barkamol avlodni tarbiyalashdagi ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.