uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Boshqaruvi Raisining Sayyor Qabuli: Qator Yoshlar Ish Bilan Ta’Minlandi, Boshqa Murojaatchilar O‘Z Savollariga Javob Olishdi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi raisining sayyor qabuli: qator yoshlar ish bilan ta’minlandi, boshqa murojaatchilar o‘z savollariga javob olishdi

     Avval xabar berib o‘tganimizdek, “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi S.Otamuratovning Samarqand viloyatidagi xizmat safari davom etmoqda. Bugun Jamiyat raisi viloyatning Tayloq tumanida bo‘lib, fuqoralarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.

   Samarqand viloyat Tayloq tuman hokimligi binosida o‘tkazilgan sayyor qabulda qator masalalar ochiq muhokama etildi. Murojaatlar asosan ishga joylashtirish, sug‘urta hodisasi yuzasidan zararni qoplash xususida bo‘ldi.

       Boshqaruv raisining sayyor qabulida 5 nafar tayloqlik yoshlar ish bilan ta’minlandi. Ertadan boshlab, ularning 4 nafari “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta agenti va yana biri sug‘urta markazida mehnat faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Shaxsan “O‘zagrosug‘urta” kompaniya raisi tomonidan Bulung’ur sug’urta markaziga ishga qabul qilindim. Bu menga bildirilgan ulkan ishonch bo‘lib, shu bilan bir qatorda yelkamga katta mas’uliyat yuklaydi. Men mehnatdan qochmayman, o‘zimni ko‘rsatishga qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Chunki, tumanimizda sug‘urta xizmatiga talab katta. Faqat yurish kerak, odamlarga to‘g‘ri targ‘ib qilinsa bo‘ldi. Kelajakda shunday sayyor qabullar tez-tez tashkil etib turilsa, yaxshi bo‘lardi. Qarang qancha murojaatchilarning mushkuli oson bo‘ldi. Muhimi, endi men ham ishliman. Hammasi uchun tashakkur, — deydi A.Xo‘jaqulov.
    Samarqand viloyat Tayloq tuman hokimligi binosida o‘tkazgan sayyor qabulda fuqarolarning sug’urta tovonini to‘lab berish bo‘yicha murojaatlari ham ijobiy hal etildi. Xususan, fuqaro A.Aripovaning “Homilador ayollar va ularning homilasi(bolasi)ni sug’urta qilish” sug’urta turi bo‘yicha 750 ming so‘m sug’urta tovoni to‘lash masalasi ko‘rib chiqildi va shu kuni uning plastik kartasiga sug‘urta qoplamasi to‘lab berildi.

     Shuningdek, Tayloq tumani “G‘o‘lba” mahallasida yashovchi fuqaro Z.Xaydarovning garovga qo‘yilgan avtotransport vositasini sug’urtalash bo‘yicha murojaati ijobiy hal qilindi. Murojaatchiga sal kam 48 million so‘m miqdorida sug’urta tovoni to‘lab berildi.

  • Men qishloq xo‘jalik mahsuloti, asosan kartoshka, piyoz, mavsumga qarab sabzi va boshqa savzavot ekinlari yetishtiraman. O‘tgan yilgi kam hosilllik tufayli ko‘rilgan moliyaviy zarar bo‘yicha sug’urta tovonini undirish masalasida keldim. Murojaatim kompaniya rahbari tomonidan ko‘rib chiqildi. Sug’urta hodisasiga taalluqli xujjatlar taqdim etishim lozimligi yuzasidan tushuntirish berildi. Xursandman va ularga rahmat aytib qolaman, — deydi “Shaxzoda Dilshod Aziz” fermer xo‘jaligi raisi SH.Xudoyqulov.

    Sayyor qabulda yana shuningdek, Samarqand tumani “Chumchuqli” mahallasida yashovchi SH.Qobilov hamda viloyatning Jomboy tumani “G’azira” qishlog’ida yashovchi fuqaro M.Negmatovlarning murojaatlari qanoatlantirildi.

 “O‘zagrosug‘urta” AJ

Axborot xizmati