uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Ajning To‘Lov Qobiliyati Yuqori Baholandi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJning to‘lov qobiliyati yuqori baholandi

"Ahbor-Reyting" agentligi "O‘zagrosug‘urta" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini "barqaror" prognozi bilan "uzA++" darajasida milliy miqyosdagi to'lov qobiliyati reytingini tasdiqladi.

Bu, "O'zagrosug'urta" AJ to'lov qobiliyatining yuqori darajasi bilan birga, sug‘urta bozoridagi nufuzini yanada mustahkamlash va mijozlar manfaatlarini himoya qilish uchun barcha sharoitlar yetarli ekanligidan dalolat beradi. 

Qolaversa, kompaniya rasmiylashtirilgan har bir sug‘urta shartnomalari doirasida mijozlar oldidagi majburiyatlari o'z vaqtida va to‘liq bajarilishi kafolatlanganligini bildiradi.

Qayd etish lozimki, mazkur reyting sug'urta kompaniyasi uchun milliy reyting shkalasi bo'yicha to'lov qobiliyatining eng yuqori reytingidir.