uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Qishloq Xo‘Jaligi Departamenti Direktori Lavozimiga Ishga Taklif Etamiz

image

Qishloq xo‘jaligi departamenti direktori lavozimiga ishga taklif etamiz

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi Qishloq xo‘jaligi departamenti direktori lavozimi (bo‘sh ish o‘rni)ga tanlov e’lon qiladi.

Direktorlikka nomzod:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda faoliyati bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini bilishi;
– rahbarlik lavozimida kamida 3 yillik mehnat stajiga ega yoxud rahbariyat tavsiyasiga ega bo‘lgan xodim bo‘lishi mumkin.
– qishloq xo‘jaligi sohasining moliya, iqtisod bilan bog‘liq yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Nomzodga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– oliy ma’lumotli (iqtisodiy, moliya yoki qishloq xo‘jaligi yo‘nalishdagi diplomga ega) bo‘lishi; 
– moliya, iqtisod va sug‘urta sohalarining qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq vazifalarda (hokimiyat va qishloq xo‘jalik vazirliklari tizimida) kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi;
– agrar sohaning birlamchi bilimlariga ega bo‘lishi;
– kompyuter texnologiyalaridan foydalana olishi;
– tilni bilish darajasi – o‘zbek tili (rus tili va boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
– hujjatlar nomenklaturasini yuritishni hamda ish yuritishda kerak bo‘ladigan barcha rasmiy hujjatlarni tayyorlashni bilishi lozim.

Direktorga yaratilgan sharoitlar:
– O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga asosan ishga qabul qilinadi. Ofisda faoliyat yuritadi (ish nuqtai nazardan xizmat safarlariga yuboriladi);
– barcha zaruriy moddiy texnik baza bilan ta’minlanadi;
– xizmat avtomobilidan foydalanish;
– besh kunlik ish tartibi. Ish vaqti soat 09:00 – 18:00 gacha, tushlik soat 13:00 – 14:00;