uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Aksiyalari Sotuvga Chiqarilmoqda

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ aksiyalari sotuvga chiqarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risida”gi 446-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib,  “O‘zagrosug‘urta” AJ aksiyalarini “Toshkent” Respublika fond birjasida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun anderrayterni tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qilindi.

Qonunchilikda belgilangan tartibda takliflar qabul qilinib, ko‘rib chiqildi. Natijalarga ko‘ra, “O‘zagrosug‘urta” AJning xarid komissiyasi bayonnomasiga muvofiq, “Kapital Depozit” MCHJ (keyingi o‘rinlarda – "KAP DЕPO") tanlov g‘olibi, deb topildi.  “O‘zagrosug‘urta” AJ va "KAP DЕPO" o‘rtasida joriy yilning iyul oyida Jamiyatning aksiyalarini “Toshkent” Respublika fond birjasida birlamchi ommaviy joylashtirish (“IPO”) uchun anderrayter xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.