“O‘zagrosug‘urta” sifat menejmenti sertifikatiga ega bo‘ldi
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati ISO 9001:2015 standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi.
Jamiyat faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Sertifikatlashtirish milliy tizimi tomonidan o‘rganildi va ISO 9001 – sifat menejmenti tizimiga muvofiq deya baholandi. Shu munosabat bilan “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatiga ISO 9001:2015 standartiga muvofiqlik sertifikati topshirildi.
Bu, o‘z navbatida, Jamiyat tomonidan mijozlarga yuqori sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatilib kelinayotganini tasdiqlaydi.