uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta”: Gender Tenglik – Xotin-Qizlarning Jamiyatdagi Faolligini Yanada Oshiradi

image

“O‘zagrosug‘urta”: Gender tenglik – xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshiradi

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamkorligida “O‘zbekistonda gender tengligi va gender masalalari”ga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qo‘mita mutaxassislari tomonidan jamiyat tizimidagi xotin-qizlarga O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati, ushbu huquqiy-normativ hujjatlarda aks etgan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlar xususida tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlangan “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”da belgilangan vazifalar va ularning ahamiyati haqida fikr yuritildi. Qayd etilganidek, bugun xotin-qizlar davlat va jamoat tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borib, jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan tizimlarini rivojlantirishda erkaklar qatori faol ishtirok etib kelmoqda. 

Davra suhbati davomida mutaxassislar xotin-qizlarning siyosiy faolligini yanada oshirish, bandligini ta’minlash sohasida kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlar, munosib ish o‘rinlarini yaratish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari haqida fikr yuritildi. 

Tadbir davomida ishtirokchilarga ishda, oilada, kundalik turumush tarzi davomida xotin-qizlar huquq va erkinliklari ta’minlanishiga oid qiziqarli ijtimoiy rolik namoyish etildi.

Aytish joiz, bu kabi tadbirlar jamiyatimiz ayollarning faolligini oshirishda, har bir jabhada mustahkam o‘rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yanada ortishiga turtki bo‘ladi. Tadbir yakunida qatnashchilar ma’ruzachining nutqi kelgusi faoliyat uchun motivatsiya berganini ta’kidlab, shu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish taklifini ilgari surishdi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati