uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Lizingga Olingan Qishloq Xo‘Jaligi Texnikalari Sug‘Urtalanadi

image

Lizingga olingan qishloq xo‘jaligi texnikalari sug‘urtalanadi

Hurmatli tadbirkorlar, fermer va dehqonlar! 
Lizing asosida olgan qishloq xo‘jaligi texnikalaringizni zarar yetishi yoki ishga yaroqsiz bo‘libi qolishi, oqibatda esa to‘lovlarni bajara olmay qolishdan xavotirdamsiz?

“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan lizingga olinayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini sug‘urtalash bo‘yicha onlayn xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 

Unutmang, lizingga olingan qishloq xo‘jaligi texnikasi: 
– olib qochilganda, bosqinchilik yoki o‘g‘irlanganda;
– yong‘in, portlash va YTH (yo‘l transport hodisasi);
– tabiiy ofatlar (kuchli shamol, dovul, jala, sel, yashin urishi, zilzila, toshqin va boshqa holatlar);
– uchinchi shaxsning nojo‘ya harakatlari natijasida zararlansa yoki yo‘qotilganda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan deb topiladi.

Bunday vaziyatda esa kompaniya mijozga yetkazilgan zararni qoplab beradi.

“O‘zagrosug‘urta” AJning ushbu sug‘urta polisini istalgan vaqtda onlayn shaklda rasmiylashtirishingiz mumkin.

“O‘zagrosug‘urta” AJ – yillar davomida oqlangan ishonch! 

Tel.:1186