uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Filiallar Faoliyati Tanqidiy O‘Rganilmoqda

image

Filiallar faoliyati tanqidiy o‘rganilmoqda

    Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, “O‘zagrosug‘urta” AJ respublika sug‘urtaviy qamrovini yanada kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida joylarda Jamiyat rahbariyati tomonidan aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

    Kuni kecha Boshqaruv raisi o‘rinbosari B.Axadov Sirdaryo va Jizzax viloyatida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

    “O‘zagrosug‘urta” AJ Sirdaryo viloyati filiali faoliyatining 2020 yil yakunlari tanqidiy tahlil etilib, 2021 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi.

    Xususan, tuman-shahar sug‘urta markazlari foaliyatida ishlarni jonlantirish, shartnomalar sonini oshirish va mahallabay ishlash tizimini joriy qilish borasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

****

     Shuningdek, “O‘zagrosug‘urta” AJ rahbariyati vakili Jizzax viloyatida bo‘ldi. U yerda filial tomonidan 2021 yil birinchi chorakda ish-reja bajarilish holati, mehnatga haq to‘lashning yangicha tizimi samadorligi va joriy yilda birlamchi vazifalar haqida viloyatdagi xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

   Yig‘ilishda qatnashchilarga 2021 yilgi mavsumda polis rasmiylashtirishdan tortib, sug‘urta qoplamalari to‘loviga qadar bo‘lgan jarayonlar birma-bir tushuntirildi va muhokama qilindi. Shuningdek, filial boshqaruvchisiga viloyatning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari, ularning sog‘lig‘i va mol-mulklarini sug‘urtaviy himoyaga olish borasida zarur ko‘rsatmalar berildi.

    Shu bilan birga, Jamiyat raisi o‘rinbosari SH.Rashidov tumani “Ohunboboev” mahallasida aholi vakillari bilan uchrashdi. Unda ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turlari, aholi vakillariga mos sug‘urta xizmatlari, sug‘urta shartnomasi rasmiylashtirish usullari va sug‘urta qoplamasi to‘lash tartibi borasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida “Ohunboboev” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oilalarga “Aholi imoratlarini baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug‘urtalash” polisi Jamiyat homiyligida bepul rasmiylashtirildi.  

“O‘zagrosug‘urta”

AJAxborot xizmati