uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Yozgi Ta’Til Davri Uchun Bolalar Hayotini Sug‘Urta Qiladi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ yozgi ta’til davri uchun bolalar hayotini sug‘urta qiladi

Yoz – bolajonlar uchun miriqib dam oladigan fasl. Oromgohlar, dam olish maskanlarida, u fursatni o‘tkazayotgan bolalar o‘yinqaroqligi tufayli kutilmaganda yiqilib tushishi, baxtsiz hodisaga uchrashi mumkin. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ taklif etayotgan “Bolalarni maktab ta'tili davrida oromgoh va boshqa dam olish maskanlarida baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish” xizmati ta’til davridagi baxtsiz hodisalardan sug‘urta qiladi. 

Agar sug‘urtalangan shaxs:
– oromgohga kelayotganda yoki ketayotganda kutilmagan hodisaga uchrasa;
tabiiy hodisalar natijasida salomatligiga zarar yetsa;
hayvonlar tajovuzi, tishlashi, chaqishi natijasida tanasi jarohatlansa;
g‘araz niyatli kishilarning hujumiga uchrasa;
ustiga biror bir jismni tushib ketishi oqibatida salomatligini yo‘qotsa;
oyog‘i, qo‘li sinishi, chiqishi, bo‘g‘im va to‘qimalarning uzilishi sodir bo‘lsa, umuman, ta’til davrida bola salomatligiga zarar yetishi bilan bog‘liq boshqa holatlarga uchrasa, Kompaniya tomonidan belgilangan tartibda sug‘urta tovoni to‘lab beriladi. 

Talabga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar hayoti sug‘urtalanadi. 

“O‘zagrosug‘urta” AJning ushbu sug‘urta polisini uyda o‘tirib ham onlayn shaklda rasmiylashtirsangiz bo‘ladi. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ xizmatlaridan foydalaning va farzandlaringizni turli zararlardan asrang!

Telefon: 1186