uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Ajning Onlayn Sug‘Urta Xizmatlari Yana To‘Rttaga Ko‘Paydi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJning onlayn sug‘urta xizmatlari yana to‘rttaga ko‘paydi

 Jamiyat tomonidan yana to‘rtta onlayn sug‘urta turlari, xususan, aholi uy-joylarini sug‘urta qilish, vaksinatsiya (COVID-19) oqibatlaridan sug‘urta qilish, homilador ayollar va ularning homilasi (bolasi)ni sug‘urta qilish hamda bolalarni baxtsiz hodisalardan kompleks sug‘urta qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

Bunda:
 Aholi uy-joylarini sug‘urta qilish – yong‘in, portlash, kuchli shamol, kuchli jala, ko‘chki, toshqin, sel va boshqa ofatlar natijasida uy-joyga shikast yetganda;

 Vaksinatsiya (COVID-19) oqibatlaridan sug‘urta qilish – COVID-19 vaksinasiyasi doirasida qabul qilingan, rasman hujjatlashtirilgan vaksinaning salbiy oqibatlari natijasida shaxsning to‘liq mehnat qobiliyatini yo‘qotganda yoki vafot etganda; 

 Homilador ayollar va ularning homilasi (bolasi)ni sug‘urta qilish – 18 yoshga to‘lgan va 40 yoshdan oshmagan, muomala layoqatiga ega, ayolning o‘zi va homilasi (bolasi) salomatligi va hayotiga zarar yetganda;

 Bolalarni baxtsiz hodisalardan kompleks sug‘urta qilish – 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning baxtsiz hodisalar, yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi oqibatida sog‘lig‘iga zarar yetganda yoki ushbu hodisalar natijasida vafot etganda sug‘urta badali to‘lab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati endilikda 24 turdagi sug‘urta xizmatlari (https://t.me/uzagrosugurta_aj/2011)ni onlayn shaklda taqdim etib kelayotgan eng yetakchi kompaniyalardan hisoblanadi.

Murojaat uchun telefon: 1186