uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Rishtonda O‘Tayotgan Forumda Qatnashmoqda

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ Rishtonda o‘tayotgan forumda qatnashmoqda

Ma’lumki, har yili an’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” mavzusida forum o‘tkaziladi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma savdosi tashkil etiladi. Joriy yilning 12-14-may kunlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda “O‘zagrosug‘urta” AJ ham faol qatnashmoqda.

Forumda Rossiya, Polsha, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Isroil va Turkiya kabi xorijiy mamlakatlardan soha mutaxassislari va olimlar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosida yurtimizdagi barcha kulolchilik maktablarining 150 nafardan ortiq usta kulollari, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan sulola vakillari va xalq ustalarining mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkillashtirilgan.

Bugungi kunda Rishton tumanida 20 nafardan ortiq katta ustalar hamda ularning 7 mingga yaqin shogirdlari faoliyat yuritmoqda. Ularning har biri 30-50 oilani ish bilan taʼminlaydi – mahalliy aholi uy-roʻzgʻor buyumlaridan tortib, badiiy kulolchilik mahsulotlarini uylarida boʻyash bilan shugʻullanadi. Bu orqali, katta sarmoyalarsiz va Rishton kulollarining noyob anʼanalari va mahoratlari asosida aholining keng qatlamlari ish joylari va barqaror daromad bilan taʼminlanmoqda.


Shu bilan birga, “O‘zagrosug‘urta” AJ Farg‘ona viloyati filiali targʻibot materilalari bilan ishtirok etishdan tashqari, tadbir qatnashchilariga sugʻurtaning inson hayotidagi oʻrni, roli, afzallik tomonlari boʻyicha tushunchalar berildi hamda kulolchilik mahsulotlarni xarid qilish, hunarmandlar bilan shartnomalar tuzish ham rejalashtirilgan.