uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Axborot Xizmati Menejeri Lavozimiga Ishga Taklif Etamiz

image

Axborot xizmati menejeri lavozimiga ishga taklif etamiz

“Oʻzagrosugʻurta” AJ (keyingi oʻrinlarda – Jamiyat) Boshqaruvining Axborot xizmati menejeri lavozimi (boʻsh ish oʻrni)ga taklif etamiz

 

Menejerning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Jamiyatning faoliyatiga doir konferensiyalar, forumlar, seminarlarni tashkillashtiradi va qatnashadi;
  • Jamiyatnig faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun materiallarni toʻplab boradi;
  • sugʻurta xizmatlari boʻyicha maʼlumotlarni OAVlari (sayt va ijtimoiy tarmoqlari)ga joylashtirish orqali targʻibot-tashviqot ishlarni olib boradi;
  • Jamiyatning tadbirlarini OAVlarida yoritilishini tashkil qiladi, kerakli hujjatlar va materiallarini tayyorlaydi;
  • Jamiyat ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʻrganish ishlarini tashkillashtiradi.

Lavozimga qoʻyilgan talablar:

  • jinsi – erkak (ayol);
  • maʼlumoti – oliy (jurnalist);
  • tilni bilish darajasi – oʻzbek tili (rus tili va boshqa tillarni bilish ustunlik beradi. Oʻzbek tilida xatosiz yoza olish);
  • Axborot xizmati sohasida kamida 1 yil mehnat faoliyat.

Menejer quyidagilarni bilishi zarur:

  • ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi Qonunchilikni;
  • nashriyot va ishlab chiqarish asoslarini;
  • tahrirlash usullarini;
  • intervyu usullarini;
  • jurnalistik etikani;
  • kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni;
  • press-reliz, tahliliy maqola, sohaviy maqolalarni xatosiz va yuqori darajada yoza olish. Media-rejani tuza olish va ijrosini sifatli bajarish;
  • koʻp vazifali muhitda ishlash qobiliyati.

Menejerga yaratilgan sharoitlar:

  • Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga asosan ishga qabul qilinadi. Ofisda faoliyat yuritadi (ish nuqtai nazardan xizmat safarlariga yuboriladi);
  • barcha zaruriy moddiy texnik baza bilan taʼminlanadi;
  • xizmat avtomobilidan foydalanish;
  • besh kunlik ish tartibi. Ish vaqti soat 09:00 – 18:00 gacha, tushlik soat 13:00 – 14:00;
  • oylik ish haqi 4 000 000 – 6 000 000 (ishning sifatiga qarab, choraklik va bayram kunlari uchun ragʻbatlantirilishi mumkin).

Tel.: 71 216-07-69.