uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Inson Qadri Ulugʻ, Xotirasi Muqaddas

image

Inson qadri ulugʻ, xotirasi muqaddas

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bagʻrikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuygʻulari odamlar qalbi va shuuridan chuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yoʻlida xizmat qilgan keksalarni eʼzozlash maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Binobrin, “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatida ham keksalarni eʼzozlash, ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, mushkulini oson qilish, holidan xabar olish yaxshi anʼanaga aylangan. Xususan, kuni kecha faxriy xodimlarimiz va Vatan oldida qilgan ulkan xizmatlari sababli bir guruh mehnat faxriylari holidan xabar olindi, ular bilan oʻtgan zahmatli kunlar haqida samimiy suhbatlashildi.

Aytish joiz, bu kabi yurt uchun jonini fido qilib, qiyin kunlarni boshidan oʻtkazgan mehnat faxriylarimizni qancha xotirlasak, qancha eʼzozlasak shuncha kam! Ularning mehnatlari sabab, dorilomon kunlarda yashamoqdamiz.

Zero, inson qadri ulugʻ, xotirasi muqaddasdir!