uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“OʻZagrosugʻUrta” Aj Andijon Viloyati Filiali “Karyera Kuni” Mehnat Yarmakasida Qatnashdi

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ Andijon viloyati filiali “Karyera kuni” mehnat yarmakasida qatnashdi

“Oʻzagrosugʻurta” AJ Andijon viloyati filiali qatnashgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida Andijon Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining barcha talabalari va tegishli tashkilotlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatimizda zamonaviy mehnat bozorini rivojlantirish, yangi ish joylarini barpo etish, yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, kadrlar tanlashning zamonaviy vositalarini tatbiq etish maqsadida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad – talabalar va institutni tamomlayotgan yosh mutaxassislarga mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish va ularning bandligini taʼminlashdan iborat.

Mazkur tadbirda “O‘zagrosug‘urta” AJ Andijon viloyati filiali “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha 50 dan ortiq talabalar bilan suhbatlar oʻtkazdilar. Suhbat davomida, ularga sug‘urta shartnomalari bo‘yicha olingan majburiyatlari, mijozlar manfaatlarini sug‘urtaviy himoyaga olish, Jamiyatimizning milliy sug‘urta bozoridagi o‘rni, rivojlanish darajasi, filialning aholiga vakillariga ko‘rsatilayotgan xizmatlari ko‘lami hamda o‘tgan davr mobaynida sug‘urta hodisalari yuzasidan mijozlarga to‘lab berilgan tovonlar miqdori haqida tushunchalar berdilar.

Tadbir so‘ngida 14 nafar talabaning ishga kirish maqsadidan kelib chiqib, batafsil ma’lumot berish maqsadida filialga taklif etildi, shuningdek 20 nafar talabaga amaliyot oʻtash uchun yoʻllanma berish rejalashtirildi.