uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“OʻZagrosugʻUrta” Aj Mas’Ullari Yosh Mutaxassilar Bilan Uchrashdi

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ mas’ullari yosh mutaxassilar bilan uchrashdi

Toshkent davlat agrar universitetida “Karyera kuni” tashkil etildi. 
Anjuman avvalida Universitet rektori, akademik va professor olimlar hamda mamlakatning yetakchi ish beruvchi tashkilot vakillari o‘z professional mehnat faoliyatini boshlash arafasida turgan talaba yoshlarni muborakbod etib, ularning istiqboldagi faoliyatiga oid qarorlarni qabul qilishda o’z maslahatlarini berib, omad tilashdi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ vakili universitet bitiruvchilariga Jamiyat faoliyatining ustuvor  yoʻnalishlari, mavjud boʻsh ish oʻrinlari, nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar yuzasidan maʼlumot berildi.  Shuningdek, Jamiyatda yosh xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ustoz-shogird an’anasi va xodimlarning muntazam malaka oshirishlari uchun tashkil etiladigan o‘quv-seminarlari haqida axborot berildi.

“Karyera kuni” yakunida ishga joylashish istagini bildirgan 20 dan ortiq bitiruvchi talabalarning maʼlumotnomalari (rezyume) olinib, kelgusida ular bilan uchrashishga kelishib olindi.

Axborot xizmati