uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Buxoro Va Surxondaryo Filiallari Faoliyati Tanqidiy Muhokama Etildi

image

Buxoro va Surxondaryo filiallari faoliyati tanqidiy muhokama etildi

     Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga va xalqimizga qilingan Murojaatnomada belgilangan vazifalarni muhokama etish hamda 2021 yilda Jamiyat faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha joylarda uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. 
    Xususan, “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari A.Yusupov yuqoridagilardan kelib chiqib, 2020 yilda erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish maqsadida Surxondaryo viloyatiga bordi. Ikki kunlik xizmat safari davomida viloyatning qator tumanlariga bo‘lib, sug‘urta markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. 

 Filialda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda sug‘urta markazlari tomonidan 2020 yil biznes reja bajarilish holati qizg‘in muhokama etildi. Yig‘ilishda 2021 yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar hamda filial oldidagi muhim vazifalar belgilandi. Xususan, Surxondaryoning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholiga, ularning sog‘lig‘i va mol-mulklarini sug‘urtaviy himoyaga olish borasida zarur ko‘rsatmalar berildi.
    Viloyatda sug‘urta xizmatlari qamrovini kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar kiritildi. Sug‘urta markazlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar malakasini oshirish, moddiy-texnik sharoitlarni qayta ko‘rib chiqish va xizmat ko‘rsatishda ixtiyoriy sug‘urta turlarini ko‘paytirish masalalari shular jumlasidandir. 
    O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga asosan 2020 yilda o‘z vazifasiga sustkashlikka yo‘l qo‘ygan qator sug‘urta markazi rahbarlariga xayfsan berildi, shuningdek, jiddiy kamchiliklari uchun ayrimlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
                                      ****
    2020 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2021 yilda filial oldida turgan muhim vazifalar yuzasidan Buxoro viloyatida “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruv rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda aholiga sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishda viloyatdagi keng imkoniyatlar mavjudligi alohida ta’kidlandi va bu borada qator amaliy takliflar bildirildi. Filial va joylardagi sug‘urta markazlari tomonidan 2020 yil davomida xizmat ko‘rsatish ko‘lami qoniqarsiz baholandi. 
    Shu bilan birga, filial boshqaruvchisi va boshqa mas’ullarga sug‘urta qoplamalarini to‘lash hamda ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari qamrovini kengaytirish uchun qisqa muddatlarda sezilarli o‘zgarish qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, 2021 yilda Jamiyat va filial oldida turgan vazifalar atroflicha muhokama qilinib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi. 
    Aholida sug‘urta madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada jonlatirish, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
    Shuningdek, tumanlardagi bo‘linmalar tomonidan ko‘rsatilgan sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati