uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“OʻZagrosugʻUrta” Aj: “Karyera Kuni”Da

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ: “Karyera kuni”da

"Oʻzagrosugʻurta" AJ masʼul xodimlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkazilgan “Karyera kuni”da ishtirok etishdi.

Tadbirda Universitet bitiruvchi talabalariga Jamiyat faoliyatining asosiy ustuvor  yoʻnalishlari, mavjud boʻsh ish oʻrinlari yuzasidan maʼlumot berildi hamda mavjud imkoniyatlar, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar toʻgʻrisida keng va batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir davomida Jamiyat faoliyati yoʻnalishlariga qiziqish va ishga joylashish istagini bildirgan 30 dan ortiq bitiruvchi talabalarning maʼlumotnomalari (rezyume) olindi va ular bilan Universitetni tamomlagandan soʻng mehnat shartnomalarini imzolash mumkinligi aytilib, bogʻlanish raqamlari berildi.

Axborot xizmati