uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Shaxmat Musobaqasi Yakuniga Yetdi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ shaxmat musobaqasi yakuniga yetdi

“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni hamda “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yosh va tizimdagi xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan idoraviy chora-tadbirlar Dasturi asosida tashkil etilgan shaxmat musobaqasi g'olibligi uchun o‘tgan turnir juda qizg‘in ruhda kechdi. 

Musobaqaning yakuniy bosqichiga repbublikaning barcha filiallaridan kelgan eng kuchli ishtirokchilar qatnashib, yarim finalda Jamiyatning Jizzax, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari xodimlari o‘zaro bellashdi.

Nihoyat, finalda samarqandlik Ravshan Qilichev va qashqadaryolik Dilshod Eshpo‘latov musobaqa g‘olibligi uchun dona surishdi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda “O‘zagrosug‘urta” AJ Samarqand viloyati filiali vakili Ravshan Qilichev ustun kelib, shaxmat turnirining bosh sovrini sohibiga aylandi. 2-o‘rinni esa Qashqadaryo viloyati filiali xodimi Dilshod Eshpo‘latov egalladi.

Shuningdek, turnirda 3-o‘rin uchun bahs Andijon filiali xodimi Muxammadjon Kadirov hamda jizzaxlik Sabur Kulbayev o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uzoq davom etgan baxsda Jizzax filiali vakili Sabur Kulbayev ustunlik qildi. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ tomononidan tashkil etilgan ilk shaxmat turniri g‘oliblariga esdalik sovg‘alari tapshirildi.

Yakunda ushbu musobaqani o‘tkazishga yaqindan yordam bergan Chilonzor tumanidagi 101-sonli maktab rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirilib, maktabning kutubxona fondiga Jamiyat nomidan kitoblar jamlanmasi berildi.

Axborot xizmati