uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Uch Avlod Uchrashuvi

image

Uch avlod uchrashuvi

Bugungi kunda jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, mamlakatimizda inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylanganidan dalolatdir. 

O‘zbekistonda  2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berildi. 

Prezidentimizning Murojaatnomada Nima uchun yilga bunday nom beryapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgilaganmiz. Aslida ham bizning eng bebaho boyligimiz bu — bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratish uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, — degan iqtibosini misol tariqasida keltirish mumkin.

Shu ma’noda, Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarga hammohang ravishda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. 

Mazkur tadbirda “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining ko‘plab mehnat faxriylari taklif etildi. Yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, o‘sha davrdagi o‘ziga xos qiyinchiliklari, mehnat pillapoyasidagi mashaqqatlari, shuningdek nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqidagi dil so‘zlari, samimiy firklari yosh mutaxassislarga ulashildi. 

Qiziqarli suhbatdan so‘ng, faxriylar tomonidan ayni paytda yurtimizda sug‘urta sohasini rivojlantirish uchun qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, kadrlar salohiyatini zamonaviy bilim va ko‘nikmalar asosida yuksaltirish, xususan ularning xorijda malaka oshirishlari uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar alohida e’tifor etildi. Yosh mutaxassislarga mana shu dorilomon kunlar bergan imkoniyatlarga javoban zamonaviy bilimlarni puxta egallash, jahondagi eng raqabatbardosh mutaxasislar safiga kirish va “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatini jahondagi eng nuzufli kompaniyalar qatoriga kiritish vaqti yetib kelganligi ta’kidlandi. 

Tadbir davomida faxriylarning mana shunday shukuhli kun, fayzli oqshomda birga kechgan onlari, olgan olam-olam taassurotlari fotosuratlarga muhrlandi. 

Bundan tashqari, yosh mutaxassislar uchun ham yangi marralar belgilab olindi. “O‘zagrosug‘urta” AJ faoliyatini yanada takomillashtirish uchun yangi tashabbuslar, g’oyalar ilgari surildi. Bir so‘z bilan aytganda, mehnat faxriylarining oltinga teng takliflari shubhasiz real hayotiy natijalarga aylanib, kompaniyamiz nufuzini bundanda oshirishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati