uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta”: Shaxmat Bo‘Yicha Musobaqa Finaliga Yaqin Qoldi

image

“O‘zagrosug‘urta”: shaxmat bo‘yicha musobaqa finaliga yaqin qoldi

Davlatimiz rahbarining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yosh va tizimdagi xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan idoraviy chora-tadbirlar Dasturi asosida Jamiyat xodimlarini sport mashg‘ulotlariga keng jalb qilish uchun amaliy choralar ko‘rilmoqda. Shaxmat – ishchi xodimning intellektual salohiyatini rivolantirishi bilan birga, uning mehnat samadorligiga ham ijobiy ta’sir etadi.
Avval xabar qilinganidek, “O‘zagrosug‘urta” AJ tizimidagi yoshlar va xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning dastlabki saralash bosqichida Jamiyat Boshqaruvi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi xodimlar o‘zaro dona surishdi.
Endilikda, hududiy filiallarda g‘olib bo‘lgan xodimlar 23-fevral kuni Toshkent shahrida musobaqaning final bosqichida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tasimiz, g‘oliblar diplom, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Axborot xizmati