uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Uzinsurance” Toshkent Viloyatidagi Mijozlariga 5,5 Milliard To‘Ladi

image

“Uzinsurance” Toshkent viloyatidagi mijozlariga 5,5 milliard to‘ladi

    Bugungi kunda Toshkent viloyatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanish ko‘lami aholi orasida tobora ommalashib bormoqda. “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan 2020 yil davomida viloyatdagi  jismoniy va yuridik shaxslar bilan 100 mingga yaqin shartnoma rasmiylashtirilgani fikrimiz dalilidir. Aholining sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ishonchi ortishi to‘lab berilayotgan to‘lovlar bilan bog‘liq, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
    Ta’kidlash o‘rinliki, sug‘urta qoplamalari yuzasidan amalga oshirilgan to‘lovlar va tuzilgan shartnomalarning katta qismi ixtiyoriy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keladi. “O‘zagrosug‘urta” AJ Toshkent viloyati filiali hamda sug‘urta markazlari tomonidan 700 dan ortiq sug‘urta hodisasi yuzasidan qariyb 5,5 milliard so‘mlik tovon to‘lab berilgan bo‘lsa, shundan sal kam 3 milliard so‘m to‘lov aholi mol-mulklarini baxtsiz hodisalardan va qishloq xo‘jaligi sohasidagi moliyaviy tavakkalchiliklardan sug‘urtalash singari ihtiyoriy surg‘urta turlari bo‘yicha amalga oshirilgan. 

    — Oilamiz katta emas, atigi 5 kishimiz. Shunchaki, Parkentda tug‘ulgan inson yerga va dehqonchilikka mehrsiz bo‘lib tug‘ilmasa kerak. Bunday serunum, hushmanzara-bahavo maskanda dehqon bo‘lish ham bir baxt. Bularning bari ko‘zlangan hosilni olish uchun yetarli emas, albatta. Chunki, qishloq xo‘jaligi issiqqa na sovuqqa bardoshli soha hisoblanadi. Balki shungadir, hech bir  fermer sug‘urta shartnomasini tuzmasdan yerga chigit qadamaydi. Hamma yomg‘ir ko‘p bo‘lsa, hosil mo‘l bo‘ladi, deb o‘ylaydi.  Aslida unday emas. Bulturgi yomg‘ir me’yoridan ko‘p yog‘ib, dalani zararkunanda hashoratga to‘ldirdi. “O‘zagrosug‘urta”ga rahmat, o‘tgan yili ko‘rgan deyarli 30 million so‘mlik zararni qisqa muddatda to‘lab berdi. Sug‘urtaning afzalligi to‘lov chiqqanda, do‘stning kimligi boshga tashvish tushganda bilinadi, deydi “Baxti Alpomish Invest” fermer xo‘jaligi rahbari Bunyodxon Abralov. 
     Jamiyatning majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha amalga oshirgan to‘lovlari 2,5 milliard  so‘mdan oshadi. Ko‘rinadiki, Toshkent viloyati miqyosida to‘langan yirik sug‘urta to‘lovlari majburiy sug‘urta turlarida ham yuqori o‘rinni egallaydi. Misol uchun, "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish" bo‘yicha to‘langan sug‘urta qoplamalarini keltirish mumkin.
    — Uzoq yillardan buyon tashkilotimizda yuk avtomashinasini boshqargan sobiq haydovchimiz M.R avtohalokat tufayli vafot etdi. O‘z xizmat vazifasini bajaryotib baxtsiz hodisaga uchraganligi biz va uning yaqinlarini chuqur qayg‘uga soldi. Boisi uning qaromog‘ida turmush o‘rtog‘i va to‘rt nafar farzandi bor edi. Bizning kompaniyamiz doimiy ravishda “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan  "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish" bo‘yicha shartnoma tuzib keladi. Sababi “O‘zagrosug‘urta” AJ eng yirik to‘lovlarni amalga oshiruvchi  sug‘urta kompaniyasi sifatida bilamiz. Jumladan, yuqoridagi mash’um hodisada jabrlangan xodimimizning oila a’zolariga 168 million so‘mdan ortiq sug‘urta tovoni to‘lab berilganini so‘zimning isboti sifatida qarash mumkin. Fursatdan foydalanib, barcha ish beruvchilarni fuqarolik javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha befarq bo‘lmaslikka chaqirmoqchiman. Bu  xodim va uning yaqinlari ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi, shuningdek, kelajakda o‘z tashkilotingizni ham yirik moliyaviy yo‘qotishlardan asraydi, deydi “Elite konstruktion optima” MCHJ hisobchisi Tatyana Somova.     
    “O‘zagrosug‘urta” AJ Toshkent viloyati filiali 2021 yilda aholiga sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar rejalashtirgan bo‘lib, polis rasmiylashtirishda inson omilini kamaytirish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar jozibadorligini yanada yaxshilash kabi ustuvor vazifalar shular jumlasidandir.

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati