uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“OʻZagrosugʻUrta” Aj: Kadrlar Salohiyati Va Malakasini Oshirish Ustuvor Vazifalmizdir

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ: kadrlar salohiyati va malakasini oshirish ustuvor vazifalmizdir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ–4412-son qaroriga muvofiq Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Jamiyatning filial boshqaruvchilari hamda boshqa rahbar xodimlari malaka oshirmoqda. Maxsus o‘quv kursi mashg‘ulotlari davomida asosan “Zamonaviy boshqaruv” hamda “Boshqaruv mahorati” yo‘nalishlarida mutaxassislarning malaka va ko‘nikmalari oshirilmoqda. 


Mashg’ulotlar jarayoni qisqa ma’ruza va mavzu bo‘yicha muhokama-munozaralar shaklida olib borilmoqda. Bundan tashqari, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, ochiq muloqot hamda interfaol o‘quv metodlari bizga juda ma’qul keldi, deydi “Oʻzagrosugʻurta” AJ Navoiy viloyati filiali boshqaruvchisi Azamat Quvonov. – Trening davomida boshqaruvdagi tizimli muammo va kamchiliklar, rahbarlar faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish, sifat va samaradorlik mezonlarini aniqlash, ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi hamda sohada axborot-tahliliy faoliyatning o‘rni kabi yo‘nalishlarda kerakli ko‘nikmalar – berilayotganligi ta’kidlandi. 

Aytish joyiz, Davlat boshqaruvi akademiyasida Jamiyat xodimlari, rahbarning muloqot jarayonida ijobiy imijni shakllantirish, shaxslararo munosabatda hamda jamoatchilik auditoriyasida ijobiy taassurot qoldirish, xodimlarga ish yuklamasini samarali taqsimlash, emotsional toliqish va uning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek murakkab vaziyatlarda muzokara olib borish malakasiga ega bo‘lishadi. 

Axborot xizmati