uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Zahiriddin Muhammad Bobur Tavvaludiga 540 Yil To‘Ldi

image

Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludiga 540 yil to‘ldi

Buyuk sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda —Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo yurishlari, ilmiy va badiiy me’rosi haqida keng maʼlumotlar mavjud. 

Qomusiy asar sanalgan “Boburnoma” muallifi. Bu asar hozirga qadar oʻttizga yaqin tilga tarjima qilindi.

- Hindistonda 332-yil hukmronlik qilgan boburiylar sulolasining asoschisi

- Sohir mumtoz oʻzbek shoiri

- Jahonda eng yirik aruz tadqiqotini yaratgan olim

- Birinchi marotaba turkiy tilda sheʼriy usuldagi fiqh asari – "Mubayyin"ni yaratgan.

Shoir g‘azalidan parcha:

O‘zni , ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.

Ayshu tarab gulbunig‘a suv berib,
G‘ussa niholini qurutmoq kerak.

Tiyra turur zuhd damidin ko‘ngul,
Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak.

Har nimag‘a g‘am ema,g‘am ko‘p turur,
Aysh bila o‘zni unutmoq kerak.

Qo‘yma mashaqqat aro, Bobur, ko‘ngul,
O‘zni farog‘at bila tutmoq kerak.