uz
  • info@agros.uz
  • 1186

She’Riyat Mulkining Sultoni Mir Alisher Navoiy Tavalludiga 582 Yil To‘Ldi

image

She’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludiga 582 yil to‘ldi

Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. Nizomiddin Mir Alisher — Navoiy o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. 

Navoiy yoshligidan Xurosonning bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan do‘st bo‘lgan. U 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan. Uning zamondoshi tarixchi Xondamir ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy yosh Alisherning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.

Hayoti davomida Navoiy  Sharqining turli mamlakatlarida bo‘ladi, o‘z davrining taniqli shaxslari bilan ko‘rishadi. O‘zining she’riy mahoratini oshiradi. 

Husayn Boyqaro Xuroson hukmdori bo‘lgan vaqtdan e’tiboran, Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi. U mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. Navoiy vazir etib tayinlanadi. Egallagan mansabi orqali u mamlakatning madaniy va ilmiy taraqqiyotida katta yordam ko‘rsatadi. 

Hirot shahrida va boshqa viloyatlarda o‘z hisobidan bir nechta madrasa, 40 ta rabot (yo‘lovchilar uchun bekat), 17 ta masjid, 10 ta so‘fiylar turarjoyi (xonaqoh), 9 ta hammom, 9 ta ko‘prik va boshqalarni qurdiradi. 
Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”).

Navoiyning “Hamsa”si mazkur janrda yaratilgan turkiy tildagi birinchi asar hisoblanadi. U - turkiy tilida ham bu kabi yirik ko‘lamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab berdi. Haqiqatan ham, Navoiy chig‘atoy tilida (eski o‘zbek tili) ham fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Va u o‘zining besh hazinasi orqali buning uddasidan chiqqan.

Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan; tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan.

Navoiy merosi mavzu va janrlari bo‘yicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda.