uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Uchun Milliy Shkala BoʻYicha “Barqaror” Prognozi Bilan “Uza++” Darajasi Reytingi Tasdiqlandi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ uchun milliy shkala boʻyicha “barqaror” prognozi bilan “uzA++” darajasi reytingi tasdiqlandi

"Ahbor-Reyting" agentligi 2022-yilning III chorak yakunlari bo'yicha "barqaror" prognozi bilan "uzA++" darajasida milliy miqyosda to'lov qobiliyati reytingini tasdiqladi. Bu "O'zagrosug'urta" AJ to'lov qobiliyatining yuqori darajasi bilan birga, sug‘urta bozoridagi nufuzini yanada mustahkamlash va mijozlar manfaatlarini himoya qilish uchun barcha sharoitlar yetarli ekanligidan dalolat beradi. 

Sodda aytganda, kompaniyada rasmiylashtirilgan sug‘urta shartnomalari doirasida olingan majburiyatlarni o'z vaqtida va to‘liq amalga oshirish vazifasi kafolatlanganligini bildiradi.

Qayd etish lozimki, mazkur reyting sug'urta kompaniyasi uchun milliy reyting shkalasi bo'yicha to'lov qobiliyatining eng yuqori reytingidir.

Axborot xizmati