uz
  • info@agros.uz
  • 1186

9 Dekabr – Xalqaro Korrupsiyaga Qarshi Kurashish Kuni

image

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

“O‘zagrosug‘urta” AJ majlislar zalida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Jamiyatning Komplaens nazorat departamenti direktori P.Turamuratov korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish mavzusida ma’ruza qildi. 

Tadbirda “O‘zagrosug‘urta” AJning korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki me’yoriy hujjatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq kodeksi va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom hamda ushbu normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “BMTning Korrupsiyaga qarshi konventsiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonunlari va “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Prezident farmoni mazmun-mohiyati batafsil tanishtirildi. 

Seminarda shuningdek, joriy yilning 3-noyabrdan 5-dekabrgacha “O‘zagrosug‘urta” AJ rasmiy veb-sayti va telegram kanali orqali korrupsiyaviy holatlarni oldini olish, Jamiyat faoliyati samaradorligini baxolash, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida olib borayotgan ishlarni tahlil qilish maqsadida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari o‘qib eshittirildi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ rahbariyati tomonidan korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish eng ustuvor vazifasi etib belgilanganligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida qayd etildi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlab o‘tish joizki, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkil etiladigan bunday seminarlari mamlakatimizda korrupsiya degan global illatning tamoman yo‘qolishiga xizmat qiladi.

Seminar yakunida Jamiyat tizimida masofaviy qatnashgan xodimlari mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.