uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“OʻZagrosugʻUrta” Aj: Konstitutsiya Vatanimizning Urib Turgan Yuragidir!

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ: Konstitutsiya Vatanimizning urib turgan yuragidir!

Konstitutsiyamiz qabul qilinishi tarixidan

1990-yil mart - XII chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasida Oʻzbekistonning yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish zururligi toʻgʻrisidagi gʻoya olgʻa surildi.

 

1990-yil iyun - Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini shakllantirildi.

 

1991-yil noyabr - Konstitutsiyaning dastlabki loyihasi tayyorlandi.

(birinchi loyiha 158 ta moddadan, ikkinchi loyihasi 149 ta moddadan; uchinchi loyihasi 137 ta moddadan iborat boʻlgan). 

 

1992-yil 26-sentabr - Konstitutsiyaning 127 ta moddadan iborat loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda eʼlon qilindi.

 

1992-yil 21-noyabr - Konstitutsiya komissiyasiga kelgan fikrlar, taklif va mulohazalarni hisobga olgan holda ikkinchi bor matbuotda eʼlon qilindi.

 

1992-yil 8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 128 moddadan iborat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.