uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xodimlariga Esdalik Nishonlari Topshirildi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlariga esdalik nishonlari topshirildi

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi, ko‘p yillik orzu-istaklarining ro‘yobi — Bosh qomusimizdir.

Mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti malakatmizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimizni esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilindi.

Bugun mazkur farmon asosida yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulug‘lanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish va boshqalarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari qatori “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xodimlarga ham “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan tizimda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar haqida so‘z borar ekan, Jamiyatning har bir xodimi sohani rivojlantirishga mas’ul ekanligi alohida ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, bugun tizimda samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lganligi mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirishga qaratilgan xalqchil islohotlarning yorqin namunasidir. 

Axborot xizmati