uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xodimlari “Men Donorman” Aksiyasida Faol Qatnashdi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari “Men donorman” aksiyasida faol qatnashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-348-sonli qarori bo‘yicha mamlakatimizning barcha hududlarida “Qon donorligi haftaligi”ni tashkil etilmoqda.

Inson hayotini asrab qolish ko‘pincha qon quyish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, bemorga faqatgina o‘zining guruhiga mos qon quyilishi talab etiladi. Xo‘sh, bundayu qon qayerdan olinadi? Bular — donorlar, albatta. Bu so‘z lotin tilidan olingan “hadya qilish” degan ma’noni anglatadi. Donorlik — fazilatlarning eng yorqin namunasi bo‘lib, beg‘araz ko‘ngilli yordam esa qonga ehtiyoji bor bemorlar uchun bebaho ko‘makdir. 

Bugun “O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari ko‘makka muhtojlarga beg‘araz yordam berishga hamisha tayyor ekanliklari sabab, poytaxtimizdagi Respublika qon quyish markazida bo‘ldilar. 

“Men donorman” xayriya aksiyasi karantin qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya etilgan holda, tibbiy ko‘rikda donorlikka munosib deb topilgan ko‘ngilli xodimlar aksiyada qon topshirdi. 
Respublika qon quyish markazi mutaxassisi “Qabul qilingan beg‘araz donorlik yordamlari og‘ir bemor bolalarni davolashga yo‘naltiriladi” — deya ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur aksiya joriy yilning 10-dekabrga qadar davom etadi va unda ishtirok etish mutlaqo ixtiyoriydir.

Axborot xizmati