uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Ichki Turizmni Rivojlantirishni Qo‘Llab-Quvvatlamoqda

image

“O‘zagrosug‘urta” ichki turizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlamoqda

  Davlatimiz rahbarining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zagrosug‘urta” AJ jamoasi Buxoro viloyatiga safar qildi. “Yaxshi dam — mehnatga hamdam”, deydi dono xalqimiz. Sir emaski, maroqli hordiq xodimlarning kasbiy layoqatini rivojlantirish, jamoada mehnat unumdorligi va ish samadorligini oshiradi.

    “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi asosida Buxoro viloyatining diqqatga sazovor bo‘lgan madaniy meros va ziyoratgoh joylariga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida Jamiyat xodimlari ko‘hna Buxoroning “Yetti pir” majmualari, eski shahar obidalari, “Labi hovuz” inshooti hamda boshqa ko‘plab qadimiy yodgorliklar tarixi bilan tanishtirildi.

   Ta’kidlash joizki, ichki turizm dasturi doirasida o‘tkazilgan mazkur tashabbus  xodimlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda  vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

    Dam olish kunlari tashkil etilgan mazmunli safar va yuqori kayfiyat xodimlar faoliyatini yanada ko‘taringki ruhda davom ettirishini ta’minlaydi.

Axborot xizmati