uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Komplayens Nazorat Bo‘Yicha Ishonch Telefoni Ishga Tushdi

image

Komplayens nazorat bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushdi

    “O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida korrupsion holatlarni bartaraf etish, yuzaga kelgan sabablar, shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish, shuningdek mijozlarning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida 71 203-20-23 raqamli “ishonch telefoni” tashkil etildi.

    Mijozlar uchun yaratilgan mazkur qulaylik O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-son qonuni, “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5729-son Prezident Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlik Memorandumi doirasida amalga oshirildi. 

    Ta’kidlash joizki, Jamiyat ishonch telefoni orqali kelib tushadigan barcha murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 445-son O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar “ishonch telefoniga” murojaat qilganda, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq o‘zining ism-familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, javob yuboriladigan pochta manzili va aloqa uchun telefon raqami, shuningdek xabarning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etishlari shartdir.

    “Ishonch telefoni” orqali murojaatlar 7/24 tizimida qabul qilinadi. 

    Murojaatlarning maxfiyligi kafolatlanadi!

    Ogoh bo‘ling!

    O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasiga binoan yolg‘on xabar berish, ya’ni jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Komplayens nazorat departamenti