uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Sayyor Qabul — Aholi Bilan Muloqotning Samarali Usuli

image

Sayyor qabul — aholi bilan muloqotning samarali usuli

    Kuni kecha xalq bilan muloqat tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muommolarni tezkor hal etish maqsadida Surxondaryo viloyatida Jamiyat Boshqaruvi raisi o‘rinbosari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida aholi vakillari uchun sayyor qabul o‘tkazildi. 

    “O‘zagrosug‘urta” AJ Termiz tuman sug‘urta markazi binosida bo‘lib o‘tgan qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarni o‘rganish jarayonida ilgari surilgan muammo vа kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.  

    Xususan fuqaro Xosiyat Qurbonova “Bugungi sayyor qabul juda qiziq davom etyapti. Berilgan savol yoki muammolarning yechimiga aniq javoblar bo‘lmoqda. Farzandim Arslon Xasanov tan jarohati uchun sug`urta tovoni to‘lashlarini so‘rab keldim. Murojaatim shu kuning o’zida hal etilib, to‘lov amalga amalga oshirish choralari ko‘rildi. Bunday muloqotlar yanada ko‘paytirilsa o‘ylaymanki aholining sug‘urta xizmatiga ishonchi oshib, sohaga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi” – dedi.

    Surxondaryoda o‘tgan sayyor qabul sohada bir qator muammoli masalalar mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan, mijozlarga banklardan olinadigan kreditlar uchun sug‘urta kompaniyasini tanlash huquqi, sug‘urta sohasida mehnat faoliyatini davom ettirish tartibi, sug‘urta hodisasiga uchragan jismoniy va yuridik shaxslarga tovon undirish tartibi yuzasidan Boshqaruv raisi o‘rinbosari tomonidan ma’lumot berildi. 

    Shuningdek, sayyor qabul davomida Toshkent davlat agrar unversiteti Termiz filialining ikki nafar talabasi Sherzod Axmatov va Elmurod Axmedov sug‘urta sohasida mehnat faoliyatini davom ettirish istagini bildirib qilgan murojaatlari ham ijobiy hal etildi. Ular shu kuning o‘zida Jamiyatning Termiz shahar sug‘urta markaziga ishga qabul qilindi.

    Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq murojaatchi ishtirok etib, jami murojaatlar soni 11 tani tashkil etdi. Shundan 9 ta masala joyida hal etilgan bo‘lsa, yana 2 ta murojaat hal etish uchun nazoratga olindi. 
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojatlar va takliflarni to‘liq o‘rganib chiqish hamda qisqa vaqt mobaynida bartaraf etish uchun “O‘zagrosug‘urta” AJ Surxondaryo viloyati filiali rahbari B.Erdanayevga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati