uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zarosug‘Urta” Aj Korrupsiyaga Qarshi Kurashishda Vakolatli Organ Bilan Hamkorlikni Kuchaytirmoqda

image

“O‘zarosug‘urta” AJ korrupsiyaga qarshi kurashishda vakolatli organ bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

    Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. 

    Davlat tuzumini ichidan yemiradigan mazkur illat, uning ortidan keladigan ko‘ngilsizliklar, jamiyat rivojiga to‘siq bo‘ladigan holatlarning oldini olish masalalariga bugun har qachongidan ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. 
Xususan, davlatimiz rahbarining 2020 yil 29 iyundagi farmoni bilan alohida tuzilma ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Mamlakatda korruptsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, s
huningdek, vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar bo‘yicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish kabi masalalar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi.

    Yurtimizdagi barcha moliyaviy tashkilotlar qatorida “O‘zagrosug‘urta” AJda ham taraqqiyot kushandasi bo‘lgan mazkur illatga qarshi kurash, korrupsiya holatlarning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish yuzasidan amaliy harakatlar olib borilmoqda. Jumladan,  Jamiyat Boshqaruvida Komplaens nazorat departamenti tashkil etildi. Shu bilan birga korruptsion omillarning oldini olish maqsadida Jamiyat tizimida shaffoflik, ma’lumotlar haqqoniyligini ta’minlash hamda inson omilini kamaytirish printsiplari asosida sug‘urta xizmatlarini onlayn ko‘rinishda sotish, sug‘urta shartnomalari, sug‘urta tovonlari hisobini yuritish, sug‘urta tariflari, agentlarni boshqarish, polislar harakati, moliyaviy prognozlar va hisobotlarni shakllantirish kabi jarayonlar “Online Polis”, “E-Polis” va “Uzagros_online” axborot tizimlari orqali to‘liq avtomatlashtirildi. Bu boradagi sa’yi-harakatlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. 

    Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati o‘rtasida mazkur illatga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

    Tomonlar hamkorlikni o‘z vakillaridan iborat ishchi guruhlarini tuzish, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari mutaxassislarini jalb qilish orqali samarali amalga oshirishga kelishib oldilar. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-hujjatlar, strategiya va yo‘l xaritalarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish maqsadida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish belgilandi.

    Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi va “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati o‘rtasida 2022 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ham ishlab chiqildi. 

Axborot xizmati