uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“OʻZagrosugʻUrta” Aj Boshqaruvi Axborot Xizmati Menejeri Lavozimiga Tanlov E’Lon Qiladi.

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ Boshqaruvi Axborot xizmati menejeri lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Tanlov oʻtkazilayotgan lavozimga bilimli, tashabbuskor, kreativ fikrlovchi, malakali va tajribali yosh kadrlarni jalb etish maqsad qilingan.

Lavozim majburiyatlari (marketolog):
- komaniyaning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish hamda boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʻrganish ishlarini tashkillashtirish;
- kompaniya faoliyatini keng targʻib qilish va uning sugʻurta bozoridagi mavqeini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
- kompaniya tadbirlarini kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida yoritish shu jumladan, zarur hollarda onlayn yoritishni tashkil etish;
- taklif qilinayotgan sugʻurta xizmatlari boʻyicha ma’lumotlarni OAV, internet va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish orqali targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;
- kompaniya raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida boshqa sugʻurta kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma’lumotlar yigʻish.

Nomzodlarga talablar:
- jurnalistika, marketing, menejer sohasi mutaxassisliklarining biriga ega boʻlgan, shu bilan birga qolgan sohalardan xabardor oliy ma’lumotli;
- PR, axborot xizmati, marketing sohalarida kamida uch yillik ish tajribasi;
- kompyuterda ishlashni mukammal bilish (Microsoft Office, Excel, Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
- ma’lumot va hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, gʻoyaviy ijodkorlik, jamoa bilan hamda oʻz ustida muntazam ishlash koʻnikmalariga ega boʻlish;
- faoliyat boʻyicha xizmat safarlariga tayyor boʻlish;
- rus tili hamda boshqa xorijiy tillarni mukammal bilishi ustuvorlikka ega boʻladi.

Tanlov quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
- hujjatlar qabuli;
- hujjatlarni koʻrib chiqish;
- individual suhbat.

Ish haqi shtatlar jadvaliga belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar qoʻllaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun
Talabgor-nomzodlar quyida berilgan elektron pochta manziliga (pasport, diplom(lar), ma’lumotnoma-ob’ektivka) yuborishi lozim.
vakant@agros.uz