uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Boshqaruv Raisi Yosh Mutaxassislarni Ayyom Bilan Tabrikladi

image

Boshqaruv raisi yosh mutaxassislarni ayyom bilan tabrikladi

  «O‘zagrosug‘urta» AJ Boshqaruvi raisi Shuhrat Rasulov uchrashuv avvalida tizimdagi barcha yosh mutuxassis kadrlarni 30-iyun «Yoshlar kuni» bilan samimiy muborakbod etib, bugungi kunda kompaniya tizimida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning malakasini oshirish va lavozim pillapoyalari bo‘ylab o‘sishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar,  shuningdek  istiqboldagi rejalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

     Xususan, Davlatimiz rahbarining 2019 yil 2 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq kompaniya tizimida samarali faoliyat yuritayotgan o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan istiqbolli yosh kadrlarni mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarining «Sug‘urta ishi» ta’lim yo‘nalishida o‘qitish maqsadida 2020-2021 o‘quv yilida 27 nafar, 2021-2022 o‘quv yilida 14 nafar xodim kompaniya tavsiyasi bilan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilinganligi shular jumlasidandir.

     «O‘zagrosug‘urta» AJning 2022-2023 yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan dasturida tizimda samarali faoliyat yuritayotgan salohiyatli yosh kadrlarning lavozimini oshirish, ularning malakasini oshirish, «Ustoz – shogird» an’anasini yo‘lga qo‘yish, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» loyihasini amalga oshirish kabi ustuvor vazifa belgilandi.

   Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi. Kompaniya rahbari tizimdagi yosh mutaxassislarning takliflari, savollari va fikr-mulohazalariga quloq tutib, ularni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyorligini alohida ta’kidladi.

Axborot xizmati