uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Amaliy Seminarda Mutaxassislar Ma’Lumot Berdi

image

Amaliy seminarda mutaxassislar ma’lumot berdi

    “O‘zagrosug‘urta” AJda mamlakatimiz Prezidentining 2022 yil 30 may kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati undan kelib chiqadigan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan amaliy-seminar bo‘lib o‘tkazildi. 

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari taklif etilgan tadbirda hududlar va aholining seysmik xavfsizligini ta’minlash,  ehtimoli yuqori bo‘lgan zilzilalarning zararini va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘z bordi. 

    

    Mutaxassislar zilzila sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan seysmik faol zonalarda zilzilalarga oldindan tayyorlanish orqali talafotlarni kamaytirish, seysmalogiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar, zilzilalar kuchini aniqlash shkalasi kabi sohaing o‘ziga xos xususiyatlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdilar. 

    Shuningdek, zilzila sodir bo‘lgan taqdirda fuqarolar qanday yo‘l tutishlari lozimligi hamda himoya choralari batafsil tushuntirib berildi.

Axborot xizmati