uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Uzinsurance”: Otb Vakillari Bilan Navbatdagi Ishchi Uchrashuv O‘Tkazildi

image

“Uzinsurance”: OTB vakillari bilan navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi

    “O'zagrosug'urta” AJ va Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda diagnostik tadqiqot o'tkazish bilan bog'liq harakatlar muhokama etildi.

    Uchrashuvda mamlakatning yetakchi sug'urta kompaniyasi faoliyatini yanada rivojlantirishga oid ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari va imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

    Yakunda Osiyo taraqqiyot bankining davlat korxonalarini isloh qilish bo'yicha konsultantlari Pol Beker hamda Doniyor Islamov samimiy qabul uchun Boshqaruv rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, “O'zagrosug'urta” AJ faoliyatini rivojlantirish hamda qo'llab-quvvatlashning aniq yo'nalishlarini belgilab olishga kelishildi. 

Axborot xizmati