Shuxrat Rasulov “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
“O‘zagrosug‘urta” AJ Kuzatuv kengashi qarori bilan Shuxrat G‘ayratovich Rasulov Jamiyat Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Shuxrat Rasulov 1971 yil Nukus shahrida tug’ilgan.
1993 yil Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali, 1999 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, 2009 yil Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan.
Shuxrat Rasulov tayinlovga qadar “Agrobank” aktiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Mehnat faoliyatini 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasida boshlagan.
Shu vaqtga qadar “Mikrokreditbank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Aloqabank”, “Ipotekabank”, “Turonbank” kabi moliya muassasalarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati