uz
  • info@agros.uz
  • 1186

"Uzinsurance"Da Xayriya Xashari A'Lo Kayfiyat Bilan O‘Tdi

image

"UZINSURANCE"da xayriya xashari a'lo kayfiyat bilan o‘tdi

    Poklik, sabru-qanoat ayyomi arafasida milliy anʼana va qadriyatlarga mos tozalik va obodlik tadbirlari elimizga xosdir. Azal-azaldan muqaddas Hayit bayrami — xalqimizda oʻzaro hamjihatlik, birdamlik kabi ezgu amallarni ifoda etgan.


    "Uzinsurance" kompaniyasining barcha xodimlari bugun tong sahardan “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostidagi xayriya hasharida faol qatnashdi. Oʻzlari mehnat qilayotgan hudud atrofi obodonlashtirilib, ariq va koʻchalar tozalandi. Atrofga rang-barang gul koʻchatlari ekilib, daraxtlar oqlandi. Hasharga xodimlar oʻz hissalarini qoʻshayotganidan mamnun.


    Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan  tashkil etilgan xayriya tadbiri ishchi xodimlar orasida koʻtarinki kayfiyat bilan oʻtganligini alohida taʼkidlash joiz.

     Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Axborot xizmati