uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Uzinsurance” Andijon Filiali “Yashil Makon” Umummilliy Loyihasida Faol Ishtirok Etmoqda

image

“Uzinsurance” Andijon filiali “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

    Xabaringiz bor,  Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keyingi besh yillikda respublikamizda 1 milliard koʻchat ekiladi. Ayni paytda mazkur ezgu tashabbus hududlarda keng quloch yozgan. Bir nihol ekib boʻlsa ham kelajakda ekologik muvozanatni taʼminlash, yashillik olamini koʻpaytirishga intilish yuqori. 


    Ushbu xayrli ishlarda “Uzinsurance” kompaniyasi ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, kompaniyaning Andijon viloyat filiali jamoasi "Yashil makon" umummilliy dasturida qatnashib yangidan barpo etilayotgan "Yangi Andijon" massiviga 100 tupdan ziyod pavloniya daraxti koʻchatlarini ekishdi. 
    Bu ezgu amal kompaniyaning boshqa filiallarida ham faol davom ettirilmoqda.  
 

Axborot xizmati