O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash istiqbollari
2022-2026 yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi uchinchi yoʼnalishi Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlashga qaratilgan.
Strategiya doirasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlardan biri sifatida tegishli vazirliklarga qishloq xoʼjaligida davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash koʼlamini kengaytirish va sugʼurtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
“UZINSURANCE” kompaniyasi Qishloq xoʼjaligi boshqarmasi boshligʼi Аbdurashid Vahobov poytaxtimizda oʼtkazilgan qishloq xoʼjaligi sugʼurtasi bilan bogʼliq xalqaro anjumanda ishtirok etib, “Oʼzbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi.