uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“OʻZagrosugʻUrta” Aj 25 Yoshda

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ 25 yoshda

    Bugun Oʻzbekiston sugʻurta bozorida oʻz mavqei va nufuziga ega boʻlgan, ayni paytda rebrending tufayli “UZINSURANCE” brendi ostida faoliyat yuritayotgan “Oʻzagrosugʻurta” AJ tashkil topganiga 25 yil toʻldi.

    Tarixga nazar. Kompaniya 1997-yil 25-fevralda “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-martdagi qaroriga asosan tashkil etilgan.

    Bugungi kunda umumiy sugʻurta sohasining barcha 17 klassi, yaʼni sugʻurtaning majburiy va ixtiyoriy shakllari boʻyicha oʻz mijozlariga 140 ga yaqin sugʻurta xizmatlarini taklif etmoqda.

   Respublikamiz boʻylab 14 ta filial, 199 ta sugʻurta markazi, 744 ta xodim, 1057 ta agent va 179 ta agentlik shaxobchalarining mavjudligi kompaniyaning mamlakatdagi qamrovi darajasini anglatadi.

    “Har bir mijoz muhim, uning manfaatlari ustuvor” tamoyili asosida kompaniya ayni chogʻda, isteʼmolchilarning talablari oʻsishi hamda Jamiyatning sugʻurta bozoridagi obroʻsini oshirishga eʼtibor qaratgan. Buning uchun kompaniyada maxsus rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilgan.

    Yillar davomida oqlangan ishonch — kompaniyaning mamlakat sugʻurta bozoridagi yetakchiligini saqlab qolishga va bundan keyin ham ishonchli ildamlashiga, mijozlar eʼtirofi hamda eʼtiborini qozonishga turtki boʻlaveradi.