uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Uzinsurance: Navoiy MeʼRosi Xalqimiz MaʼNaviyatining Asl Durdonasi

image

UZINSURANCE: Navoiy meʼrosi xalqimiz maʼnaviyatining asl durdonasi

    Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz tavalludi munosabati bilan har yili 9-fevral kuni yurtimizda tantanali va bayramona kayfiyatda nishonlanib kelinadi. Navoiy bobomizning ijodi jahon adabiyoti durdonasiga javohir boʻlib qoʻshilganligi bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun ham endilikda Alisher Navoiy siymosini oʻrganishga butun dunyo qiziqish uygʻotmoqda.


    Navoiy tavalludining 581 yilligi “UZINSURANCE” kompaniyasida oʻziga hos tarzda nishonlandi. Gap shundaki, kompaniya xodimlari buyuk bobokalonimiz ijodi, hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 9-fevral kuni “Oʻzbek milliy akademik drama teatri”da Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Davlat mukofoti lauriyati, Oʻzbekiston xalq artisti Rustam Hamidov tomonidan sahnalashtirilgan “ALISHER NAVOIY” spektakliga tashrif buyurdilar.


    Spektaklda saltanat atrofidagi majoralar, ezgulik va tubanlik, adolat va yovuzlik oʻrtasidagi talotumlar asnosida ijodkorning qismati ochib beriladi. Buyuk shaxs — daho shoir, davlat arbobi, madaniyat va sanʼat homiysi Alisher Navoiy obrazi keskin toʻqnashuvlarda koʻrsatiladi. Rejessyor tarixiy voqealar manzaralarida hozirgi zamon bilan hamohanglik topadi. Moziyda kechgan voqealar bugungi dunyoda ham takrorlanayotgani taʼkidlashga harakat qiladi. Ijodkorning taqdiri xalqining taqdiri bilan chambarchas bogʻliq ekanligi taʼkidlanadi. Isteʼdod — ezgulik yoʻlidan borishga mahkumligi — bu uning ilohiy vazifasi ekanligi tomoshada yaqqol aytiladi.


    Yangicha sahna bezaklari va musiqa spektaklning taʼsirchanligini oshirishga xizmat qilgan. Rollarni teatrning atoqli sanʼatkorlari qatorida isteʼdodli yosh aktyorlar ham ijro etishdi.
    Kompaniya xodimlari spektakldan maʼnaviy ozuqa oldilar.

Axborot xizmati